"Real" va Valverde shartnoma borasida kelishib oldi

Mirjalol Normatov
20 avg 2021
"Real" va yarim himoyachi Federiko Valverde shartnomani uzaytiradi.

Tomonlar shartnoma borasida kelishib olganlar. Kelasi haftada bu rasman e'lon qilinishi kutilmoqda. Futbolchi klub bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.

Valverde 2018/19 yilgi mavsumdan buyon "Real" tarkibida o'ynamoqda. O'tgan mavsumda u 24 o'yinda maydonga tushdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal