"Real" va PSJ YCHLda 6 bor to'qnash kelgan

Omonjon To`xtamirzayev
13 dek 2021
Qayta tashlangan qur'a natijasiga ko'ra, YCHL 1/8 finalida PSJ "Real Madrid"ga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu musobaqada jamoalar 6 bor to'qnash kelishgan – 4 marta guruh bosqichi va 2 bor 2018 yil 1/8 finalida. O'shanda ikki o'yin natijasiga ko'ra "qaymoqranglilar" keyingi bosqichga yo'l olgan (3:1, 2:1).

"Real" hisobida 3 ta g'alaba bor, "Pari Sen-Jermen"da – 1 ta, yana 2 bellashuv durang bilan yakunlangan. Madridliklar raqib darvozasiga 8 ta gol urgan, o'z darvozasidan esa 7 ta  to'p olib chiqqan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia