"Real" va "Barselona" Allini xarid qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2017
"Real" va "Barselona" "Tottenxem" yarim himoyachisi Dele Alliga qiziqish bildirmoqda.

Ispan grandlari futbolchining joriy mavsumdagi ko'rsatkichlaridan hayratda: Alli APLning 19 ta uchrashuvida 10 ta gol urib, 1 ta golli pas berdi.

Alli va ingliz klubi o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozida yakuniga etadi. Shartnomada uning transfer narxi 81,5 mln. evro.

Oldinroq Allining xizmatlariga haftasiga 1 mln. evro to'lashga tayyor bo'lgan Xitoy klublari qiziqishayotgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror