"Real" UEFA Superkubogida 5 yetakchi futbolchisisiz o'ynashi mumkin

Mirjalol Normatov
3 iyul 2018, 11:17
"Real" UEFA Superkubogi doirasida "Atletiko"ga qarshi o'tadigan o'yinda 5 nafar muhim futbolchisisiz o'ynashi mumkin.

"Marca" xabariga ko'ra, "Real" 2018/19 yilgi mavsumdagi ilk o'yinida Rafael Varan, Marselo, Luka Modrich, Mateo Kovachich va Kazemiro kabi futbolchilarisiz o'ynashi mumkin.

Ular Rossiyadagi mundialda ishtirok etayotgani sababli Superkubokda o'ynamasligi mumkin. Bu futbolchilar mundialdan keyin LaLiga startigacha dam olishlari kerak.

UEFA Superkubogi doirasidagi o'yin 15 avgust kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca