Real Sosedad darvozaboni 3 oyga safdan chiqdi

Ispaniyaning "Real Sosedad" jamoasi posboni Jeronimo Ruli Yevropa ligasi saralash bosqichida "Krasnodar"ga qarshi kechgan o'yinda jarohat olgandi.
Ruli "Krasnodar"ga qarshi kechgan javob bahsida chap oyog'idan jarohat olgandi.  Jeronimo Rulining chap oyog'i suyaklari shikastlangan va 3 oyga yaqin safdan chiqqan.

Ushbu bellashuv Ruli uchun "Real Sosedad" tarkibidagi ilk o'yini bo'lgandi.

Manba: sports.ru