"Real Sosedad" "Arsenal" himoyachisini ijaraga oladi

Omonjon To`xtamirzayev
25 avg 2023, 19:04
"Real Sosedad" "Arsenal" bilan shotlandiyalik himoyachi Kiran Tirni ijarasi bo'yicha kelishuvga erishdi.

"The Athletic"ning xabariga ko'ra, London klubi ijara uchun ma'lum miqdorda pul ishlab oladi va ispanlar futbolchining maoshini ham to'liq to'lab borishadi. Ma'lum bo'lishicha, chap qanot himoyachisi dam olish kunlari tibbiy ko'rikdan o'tadi. 26 yoshli Tirni "Real Sosedad" tarkibida La Liga va Chempionlar Ligasi bellashuvlarida o'yin amaliyotiga ega bo'lishiga ishonchi komil.

Eslatib o'tamiz, Kiran Tirni 2019 yil "Arsenal" tarkibiga kelib qo'shilgan. "Transfermarkt" portali futbolchi transferini 25 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Athletic