"Real" sobiq pleymeykeri 20 mln. evro evaziga "Barselona"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
21 noya 2017, 16:57
"Real" sobiq pleymeykeri, hozirda "Arsenal" sharafini himoya qilayotgan Mesut Ozil yana Ispaniyaga qaytishi mumkin.

29 yoshli futbolchining xizmatlariga "Barselona" qiziqish bildirmoqda.

Kataloniya klubining asosiy transfer maqsadi bo'lib "Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino qolmoqda, ammo agar mersisaydlar braziliyalikni yanvarda sotishga rozi bo'lishsa, bu juda katta pul evaziga amalga oshadi. Ushbu vaziyatda Ozil varianti haqiqatga yaqinroq bo'lib ko'rinmoqda.

Nemis futbolchisining shartnomasi 2018 yilning yozigacha amal qiladi, tomonlar esa kelishuvni uzaytirish haqida bir to'xtamga kela olishmayapti. "Barselona" rahbariyati futbolchining narxini bilish uchun "Arsenal" bilan bog'landi. Ozil 20 mln. evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo