"Real" sardori MLS klublaridan taklif oldi

Omonjon To`xtamirzayev
14 may 2024
"Real" himoyachisi Nacho MLSning bir qator klublaridan taklif oldi.

Yozda ispaniyalik futbolchi "Madrid"ni erkin agent sifatida tark etadi.

Nacho yoki MLS klubi, yoki Saudiya Arabistoni jamoasi tarkibiga o'tishni mo'ljallab turibdi.

Ma'lumot uchun, Nacho 2012 yildan beri Madrid jamoasining asosiy tarkibida harakat qiladi. U Qirollik klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо