"Real" Rodrigo ketgan taqdirda, unga ehtimoliy o'rinbosar topdi

Alisher Ostonov
17 may 2025
"Real" Rodrigo ketgan taqdirda, Franko Mastantuono bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Seshanba kuni "Madrid" rahbariyati Mastantuononing agentlari bilan videomuloqot orqali 17 yoshli yarim himoyachining ehtimoliy transferi borasida gaplashgan.

"River Pleyt" argentinalikni kamida 45 mln evroga baholamoqda. Shuningdek, Mastantuonoga PSJ, "Manchester Yunayted", "Atletiko" va "Milan" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Argentina chempionatining joriy mavsumidagi 11 o'yinda yarim himoyachi 3 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: tycsports.com/river-plate