Real Rikardo Rodrigesni 35 million evroga sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2016
Real Volfsburg qanot himoyachisi Rikardo Rodrigesga yana qiziqib qoldi.

As nashri xabariga ko'ra, 23 yoshli shveytsariyalik futbolchining transfer narxi 35 million evroga teng.

Eslatib o'tamiz, Madrid klubi yanvar oyidagi transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni xarid qila oladi. Shu yil yozda va keyingi yil yanvar oyida FIFA qo'ygan taqiq tufayli yangi futbolchilarni sotib ololmaydi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com