"Real" "Real Sosedad" futbolchisini 40 mln. evroga sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2018, 11:41
"Real Sosedad" himoyachisi Alvaro Odriosola katta ehtimol bilan faoliyatini "Real"da davom ettiradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, klublar 40 mln. evrolik transfer borasida kelishib olishgan. Endi "Real" Odriosolaning o'zi va agenti bilan muzokara o'tkazib, maoshni kelishib olishi kerak. Ushbu xarid g'oyasi "Qirollik klubi" yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegidan chiqdi.

So'nggi mavsum 22 yoshli himoyachi LaLiganing 35ta uchrashuvida maydonga tushib, 4ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS