"Real" prezidenti Varanning kelajagi haqida gapirdi

Alisher
25 iyun 2021, 14:05
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres fransiyalik himoyachi Rafael Varanning klubdan ehtimoliy ketishi haqida gapirdi.

"Hali biz Rafaelning transferi borasida birorta rasmiy taklif olganimiz yo'q. Ayni damda u Evro-2020da o'ynamoqda, musobaqa yakunlanganidan so'ng vaziyatni muhokama qilamiz.

Agar Varan haqiqatdan ham jamoasini o'zgartirishga qaror qilgan bo'lsa, u bizga bu haqda xabar qiladi", - deydi rahbar.

Eslatib o'tamiz, Varanning "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano