

"Real Madrid" klubi jamoa darvozaboni Andrey Lunin bilan shartnomani uzaytiradi. Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano ma'lum qildi. "Qirollik klubi" ukrainalik darvozabon bilan 2028 yilga qadar kelishuv imzolaydi. Klub yangi shartnoma haqida shu hafta e'lon qiladi.
Ma'lumot uchun, Lunin "Real"ga 2018 yilda kelib qo'shilgan. Shu davr mobaynida u 10 ta sovrin yutgan.




