

Madrid klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegining o'yinchilar bilan kelisha olmaganligi sabablaridan biri ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra, “Qirollik klubi”ning yetakchi futbolchilari Keylor Navasni asosiy darvozabon deb hisoblagan. Biroq Lopetegi Tibo Kurtuaga ishonch bildiravergan.
Eslatib o'tamiz, Kurtua sentyabr oyida boshlab “Real” darvozasini LaLiga doirasidagi o'yinlarda qo'riqlagan bo'lsa, Navas esa Chempionlar Ligasida maydonga tushdi.



