"Real" Navasning o'rniga 4 nomzod topib qo'ydi

Alisher
23 avg 2019, 16:56
Madrid klubi darvozabon qidirish harakatiga tushgan.

"Real" Keylor Navas ketgan taqdirda to'rt darvozabondan biri bilan shartnoma tuzadi.

Bular Villi Kabalero, Pepe Reyna, Diego Benalo va Maarten Stekelenburglardir.

Eslatib o'tamiz, "Real"ning kosta-rikalik darvozaboni 20 million evro evaziga PSJga o'tishga yaqin.

Navas faoliyati davomida "Real"dan tashqari "Saprissa", "Albasete" va "Levante" klublarida o'ynagan.

Darvozabon 2008 yildan buyon Kosta-Rika terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca