"Real" Navasga murojaat qildi

Darvozabon Keylor Navas mavsum yakunida "Real"ni tark etadi.

Madridliklar 32 yoshli posbonni keyingi mavsum rejalarida yo'q ekanligini ma'lum qildi. Bu haqda El Chiringuito de Jugones xabar berdi. 

Avvalroq, "Real" Tibo Kurtuani asosiy kiper qilishni rejalashtirayotgani haqida aytib o'tilgandi. 

Navas 2014 yildan beri "Qirollik klubi" sharafini himoya qilib kelmoqda. Kosta-rikalik klub bilan 12 ta sovrin yutdi. Ular orasida Ispaniya chempionligi va 3 karra YCHL g'olibligi ham bor.

Keylor joriy mavsum "Real"dagi asosiy tarkibda o'rnini yo'qotib qo'ydi va LaLigada bor yo'g'i 9 ta o'yinda maydonga tushdi (4 ta quruq o'yin).


Manba: El Chiringuito de Jugones