"Real" "Napoli" himoyachisi uchun Xames va 70 million berishga tayyor

Omonjon To`xtamirzayev
16 yanv 2020, 18:36
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Manbaaning xabar berishicha, 28 yoshli himoyachining xizmatlariga Madrid klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Angliyaning "Manchester Siti" klubi futbolchini sotib olish operaciyasini amalga oshirolmagach, ispan grandi bunga harakat qilib ko'rmoqchi.  

Avvalroq OAVda "Manchester Yunayted" himoyachi uchun 70-75 million evro berishga tayyorligi xabar qilingandi. Ma'lumotlarga ko'ra, "Real" ham shuncha summa ajratishga tayyor.  

"Real" prezidenti Florentino Peres senegallik futbolchi transferiga Xames Rodrigesni ham kiritishni o'ylab turibdi. Eslatib o'tamiz, Xames "Napoli" 2019 yil yozida o'tishi mumkin edi. Shunday qilib, "Real" Kulibali uchun 70 million evro atrofidagi summa va Xamesni taklif qilmoqchi. 

Agar "Napoli" yangi mavsumda Chempionlar Ligasiga chiqa olmasa, Kulibali jamoani tark etishga tayyor. Jennaro Gattuzo shogirdlari hozirda 11-pog'onani egallab turishibdi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Sky Sports