"Real" muzeyida Chempionlar ligasi sovrini uchun joy qolmadi

Aslanov Jasurbek
30 may 2018, 10:13
"Real" Chempionlar ligasi va Chempionlar Kubogi sovrinlari ko'chirmasi turadigan o'z muzeyidagi xonani kengaytirmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" bir hafta avval qo'lga kiritgan 13-sovrin uchun xonada hozircha joy yo'q. Shu sabab joyni kengaytirish qarori qabul qilindi. Madridliklar 2014 yilda Yevropaning eng muhim turnirida o'zining 10 g'alabasini qo'lga kiritganidan so'ng, Chempionlar ligasi sovrini ko'chirmalari alohida xonaga ko'chirildi. 2017 yilda "Real" Chempionlar ligasida g'olib bo'lganidan keyin ushbu joyni kengaytirgan edi, bu safar ham o'tgan yilgi ish takrorlanadigan bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca