"Real" muxlislari Benzema bilan xayrlashishga tayyorlanmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
31 may 2023, 19:00
Hujumchi Karim Benzema "Real"dan ketishga juda yaqin turibdi.

Forvard Saudiya Arabistonidan kattagina taklif olgan. Futbolchi atrofidagilar Karim ketishga qaror qilishi mumkinligini yashirmayapti. O'z navbatida, klub prezidenti Florentino Peres o'zaro uchrashuvda hujumchining har qanday qarorini hurmat bilan qabul qilishini ma'lum qilgan.

Benzema La Liga 38-turi doirasida "Atletik Bilbao"ga qarshi uchrashuvgacha yakuniy qaror qabul qilishi kutilmoqda. O'z o'rnida, "Real" muxlislari fransiyalik uchun xayrlashuv akciyasini tayyorlashga kirishgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: cadenaser.com