"Real" Muhammad Salahga qiziqmoqda

Tolibjon Qosimov
12 dek 2017
"Liverpul" futbolchisi Muhammad Salah faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

"Don Balon"ning xabar berishicha, o'yinchining xizmatlariga Madridning "Real" klubi qiziqmoqda. Manbaning keltirishicha, "qaymoqranglilar" ushbu kelishuvni amalga oshirish uchun Lukas Vaskesni transferga qo'yishadi va undan tushgan pullarni Misr terma jamoasi yetakchisini sotib olishga yo'naltirishadi.Salahning transfer summasi 40 million evroga baholanmoqda.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Don Balon