

"The Sun" xabariga ko'ra, "qirollik klubi" portugaliyalik mutaxassis boshqa jamoa boshqaruvini o'z qo'liga olmasligi uchun 14 million evro taklif qilgan. Zinedin Zidanning iste'fosi kuzatilgan taqdirda o'rnini Mourinyo egallashi kerak bo'lgan.
Biroq Joze ushbu taklifga rad javobini bergan va "Tottenxem" boshqaruvini o'z qo'liga oldi. Hozircha uning qo'l ostidagi jamoa uch o'yinda uch g'alaba qayd etdi.


