"Real" Moratani sotish uchun uni qaytarmoqchi

Aslanov Jasurbek
23 mar 2016
"Real" rahbariyati "Yuventus" hujumchisi Alvaro Morataning transfer huquqini qayta sotib olish imkoniyatidan foydalanmoqchi.

Ammo bu "qaymoqranglilar" muxlislari kutayotgan sabab tufayli emas. "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres "Real" tarbiyalanuvchisini boshqa klubga sotib, pul ishlab olish uchun qaytarmoqchi. Hujumchi xizmatlariga "Arsenal" va "Bavariya" qiziqish bildiryapti. Morata avvalroq bir necha marotaba "Qirollik klubi"ga qaytamasligini aytgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS