"Real" "Milan"ning 16 yoshli yarim himoyachisini nishonga oldi

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2015, 10:20
Madridning "Real" klubi iqtidorlar izlashda davom etmoqda.

"Qirollik klubi" murabbiylar shtabini bu safar "Milan" yarim himoyachisi Hoshim Masturga e'tibor qaratdi. Asli Marokashdan bo'lgan, bu 16 yoshli futbolchi tez-tez jamoaning asosiy tarkibi bilan shug'ullanib turadi. Filippo Inzagi bu mavsumda uni besh bor qaydnomaga kiritdi, ammo Mastur biror marta maydonga tushgani yo'q.

Mastur o'zining kuchli zarbasi, jismonan baquvvatligi va yuqori texnikasi bilan o'z tengqurlaridan ajralib turadi.

O'tgan mavsumda futbolchiga "Barselona" "sovchi" bo'lgandi, ammo "Milan" rahbariyati Masturni qo'yib yubormadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com