"Real" Mbappega Zidanning raqamini bermoqchi

Aziz Tukhtamuradov
27 avg 2021, 15:34
PSJ futbolchisi Kilian Mbappe yaqin orada "Real"ga o'tishi kutilmoqda.

Madridliklar fransiyalik futbolchi uchun raqam ham tayyorlab qo'yishgan. Unga Mbappening kumiri - Zidan to'p tepgan 5-raqam beriladi. Mbappeda shuningdek 19 yoki 23-raqamlarni tanlash imkoni bor. 

Ayni paytda beshinchi raqamda Xesus Valexo to'p tepmoqda. Agar ispaniyalik futbolchi raqamni Kilian uchun bo'shatib berishni istamasa, klub muqobil variantlarni ko'rib chiqadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: AS