"Real" Mbappega qancha pul to'lashi ma'lum

Sherzod Nurmatov
8 noya 2024
Yulduz hujumchi Kilian Mbappening "Real"dagi maoshi aniq summasi ma'lum bo'ldi.

Insayder Ramon Alvaresning ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qilishicha, 25 yoshli fransiyalik hujumchi bonuslarni qo'shib hisoblaganda yiliga 36 mln evro ishlab topadi. 

25 yoshli Kilian joriy mavsum "qaymoqranglilar" tarkibida 15 o'yinda ishtirok etib, 8 ta to'p kiritdi va 2 ta golli pas uzatdi. Uning klub bilan kelishuvi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/Ramon_AlvarezMM