“Real” Mbappe uchun “Monako”ga 135 mln € taklif qildi

Aslanov Jasurbek
6 iyun 2017, 00:05
Madridning “Real” klubi “Monako” hujumchisi Kilian Mbappega jiddiy tarzda qiziqayotganini unga to'lanadigan summaning miqdori bilan isbotlab qo'ydi.

RMC ma'lumotiga ko'ra, “Qirollik klubi” rahbariyati yosh hujumchi uchun rekord darajadagi summa - 135 mln. evro to'lashga tayyor turibdi. Avvalroq, Mbappening “Real”ga o'tishga rozilik bergani haqida xabar paydo bo'lgan edi.

Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda Mbappe Fransiya chempionatida 29 ta uchrashuv o'tkazib, 15 ta gol kiritishga va 8 ta golga assistentlik qilishga muvaffaq bo'ldi. 



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif