"Real" "Manchester Yunayted" hujumchisi uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
7 dek 2021, 15:40
"Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavani transfer bozorida talabga ega bo'lmoqda.

34 yoshli futbolchiga Madridning "Real" klubi qiziqmoqda. "Qaymoqranglilar" o'yinchi uchun "Barselona" bilan kurashishga tayyorlar.

Kavain o'z navbatida klubini o'zgartirishga tayyor. Uning "qizil iblislar" bilan tuzgan shartnomasi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan, shu sabab u yanvarda ehtimoliy ish beruvchi bilan muzokaralar o'tkazishi mumkin.

Urugvaylik joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo