"Real" "Manchester Yunayted" himoyachisini nishonga oldi

Alisher Ostonov
7 fev 2026
"Real" "Manchester Yunayted"ning 20 yoshli fransiyalik himoyachisi Leni Yoro bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.

Mankunianliklar Yoroni 2024 yilda "Lill"dan 62 mln evroga sotib olgan. MYU himoyachini 70 mln evroga qo'yib yuborishga tayyor bo'ladi. Futbolchining ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Yoro joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida 23 ta o'yinda maydonga tushdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Fichajes