"Real" "Manchester Siti"ning 19 yoshli forvardi bilan shartnoma tuzmoqchi

Tolibjon Qosimov
3 noya 2018, 11:35
"Manchester Siti" forvardi Braim Dias "Real" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Madridliklar 19 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan mavsum so'nggida shartnoma tuzmoqchi. Sababi, Dias joriy mavsum tugaganidan so'ng erkin agentga aylanadi. "Shaharliklar" bir necha oydan beri Braimni shartnomani uzaytirishga ko'ndirish uchun harakat qilib kelishmoqda.

Futbolchi payshanba kuni Angliya Liga kubogi doirasida "Fulxem"ga qarshi bahs (2:0)da dubl qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com