Real Madrid yana bir afsonasi bilan shartnomani uzaytirdi

Khoja
19 iyul 2024, 10:21
Madridning "Real" klubi yarim himoyachi Lukas Vaskes bilan 2025 yilning iyunigacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi.

Himoyachi Madrid klubida 2015 yildan beri o'ynaydi. U "qaymoqranglilar" bilan to'rt bor Ispaniya chempioni bo'lgan va besh marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan. Vaskes o'tgan mavsum La Liga va Chempionlar Ligasida 38 ta o'yin o'tkazib, 3 ta to'p kiritdi va 8 ta golli pas uzatdi.

Avvalroq Madridning "Real" klubi Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirgani haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com