“Real Madrid” Valverdeni “Liverpul"ga sotishga rozi bo'ldi

Alisher
28 iyun 2023
“Real” yarim himoyachisi Federiko Valverde “Liverpul”ga o'tishi mumkin.

 El Nacional xabariga ko'ra, “Liverpul” Valverde uchun taklifini 70 million evrodan 90 million evroga oshirgan.Bu taklifni esa “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres qabul qilgan. 

2022/2023 yilgi mavsumda Valverde “Real Madrid” safida barcha musobaqalarda 56 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 

Eslatib o'tamiz, yaqinda “Liverpul” “Brayton” futbolchisi va amaldagi jahon chempioni Aleksis Mak Allister transferini e'lon qilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com