"Real Madrid" va PSJ o'rtasida "urush" boshlandimi?

Omonjon To`xtamirzayev
1 iyun 2022
Kuni-kecha PSJ Nunu Mendeshni "Sporting"dan kelishuvdagi banddan foydalanib, 40 millionga to'liq sotib oldi.

Biroq masalaning keng ommaga ko'z-ko'z qilinmagan bir tomoni bor. So'nggi pallada "Real" portugaliyaliklar bilan aloqaga chiqqan va qanot himoyachisining transferi bilan qiziqqan. 

Shaxsan menga bu chinakamiga Mendeshning xizmatlariga bo'lgan qiziqish emas, PSJning rejasini buzish uchun qilingan harakatdek tuyuldi.

Avvalroq "Real" "Monako"dan Tchuamenining transferini hal qilishi ishga PSJning aralashgani va ko'proq pul vada qilayotgani sababli cho'zilayotgani ma'lum bo'lgandi. 

Bu o'sha masalaga ispanlarning javobimi yoki "Real" va PSJ o'rtasida keng masshtabdagi "urush" boshlandimi?


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia