“Real Madrid” o'rtoqlik o'yinida “Milan” ustidan irodali g'alaba erishdi

Alisher
24 iyul 2023
AQSHda “Real Madrid” - “Milan” o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda madridliklar raqiblarini 3:2 hisobida mag'lub etishdi. Qizig'i, uchrashuvning birinchi bo'limida milanliklar 2:0 hisobida oldinda borayotgandi.

Real Madrid Ispaniya – Milan Italiya 3:2 (0:2, 3:0)

Gol: 0:1 – 25 Tomori, 0:2 – 42 Romero, 1:2 – 57 Valverde, 2:2 – 59 Valverde, 3:2 – 84 Vinisius Junior.

Real Madrid – Lunin, Nacho (Alaba, 46), Militao (Ryudiger, 46), Mendi (Fran Garsiya, 46), Valverde, Kamavinga (Modrich, 46), Kroos (Tchuameni, 46), Bellingem (Pas, 64), Vaskes (Karvaxal, 46), Braim Dias (Rodrigo, 46), Xoselu (Vinisius Junior, 46).

Milan – Sportello (Menyan, 70), Kalabriya (Ernandes, 70), Tomori (Tiav, 70), Simic (Ker, 70), Florenci (Salemakers, 70), Krunich (Reynders, 70), Loftus-Chik (Adli, 70), Pulishich (Rafael Leau, 70), Pobega (de Ketelare, 70), Junior Messias (Romero, 32), Kolombo (Jiru, 70).


AlisherMuallif
Manba: championat.asia