

Qizil iblislar futbolchini 80 million evroga sotishga tayyor. O'z navbatida Qirollik klubi ham ushbu summaga yosh iqtidor sohibini sotib olishga qarshi emas.
Avvalroq, MYU yarim himoyachi bilan yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmagandi. Shundan so'ng Manchester jamoasi futbolchini sotishga qaror qilgandi. Joriy mavsum Kobbi Maynu 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.




