Real Madrid Liverpul yetakchilaridan birini sotib olmoqchi (Fabricio Romano)

Khoja
13 may 2024
Liverpul himoyachisi Trent Aleksander-Arnold faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

25 yoshli futbolchiga Real Madrid jiddiy qiziqish bildirmoqda. Madridliklar Trentni Karvaxalga uzoq yillik voris bo'lishiga ishonishmoqda. Hozircha tomonlar muzokaralarni boshlashmagan, biroq yaqin kunlar ichida transfer ishlari boshlab yuboriladi. Bu haqida Fabricio Romano xabar bermoqda.

Ma'lumot uchun, Trent Aleksander-Arnold Liverpul akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallagan. Himoyachining transfer narxi 70 million evroga baholanmoqda.


KhojaMuallif
Manba: championat.com