“Real Madrid” Kroosga yiliga 5 million evro taklif qildi

Tolibjon Qosimov
10 iyun 2014, 12:07
“Real Madrid” “Bavariya” yarim himoyachisi Toni Kroos bilan muzokaralar olib bormoqda.
Madrid klubi futbolchiga yiliga 5 million evrolik shartnoma  taklif qildi.

Bundan oldin taklif qilingan shartnoma Kroosga yoqmagan va muzokaralar uzilib qolgan edi. Nemis futbolchisi soliqlardan tashqari 5 millionga yaqin maoshni xohlagan.
Krossning “Bavariya” bilan shartnomasi 2015 yil yozigacha belgilangan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru