Real Madrid Ispaniya terma jamoasi a'zosini sotib olmoqchi

Khoja
27 mar 2025
Real Madrid markazni kuchaytirishni maqsad qilgan.

Qirollik klubi Real Sosedad yarim himoyachisi Martin Subimendi bilan shartnoma tuzmoqchi. Madridliklar 25 yoshli futbolchining transferi uchun 60 million evro sarflashga tayyor.

Martinga Realdan tashqari Arsenal ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Subimendining o'zi esa Ispaniyada qolishni maqsad qilgan.

Yarim himoyachi joriy mavsum 38 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 tadan gol va golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com