"Real Madrid" A Seriya to'purarini nishonga oldi

Оқил Абдубарноев
22 yanv 2023, 22:42
Madridning “Real” klubi hujumchi Karim Benzemaning o'rniga nomzod qidirmoqda.

35 yoshli francuzning klub bilan shartnomasi yozda nihoyasiga etadi, shartnoma muddatining uzaytirilishi esa so'roq ostida turibdi. 

Ispan matbuoti xabarlariga ko'ra, madridliklar "Napoli"ning nigeriyalik hujumchisi Viktor Osimxenni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Madridliklar futbolchi uchun taxminan 60 million evro taklif qilmoqchi. Futbolchiga "Manchester Yunayted" ham qiziqmoqda.

Osimxen joriy mavsum A Seriyada 15 ta o'yinda maydonga tushdi va 13 ta gol urdi. Ayni damda Viktor A Seriyaning eng yaxshi to'purari hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: efotbal.cz