"Real" Lukas Vaskesni 15 million evroga sotishga tayyor

Aslanov Jasurbek
3 dek 2021, 14:07
Madridning "Real" jamoasi futbolchi Lukas Vaskes borasida bir qarorga keldi.

Bu haqida "Todofichajes" nashri xabar bermoqda. "Qaymoqrang"liklar Lukas Vaskesni 15 million evroga sotishni rejalashtirmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi yana ikki yarim yilga mo'ljallangan. 

Lukas joriy mavsum La Ligada 12ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta gol urdi. YCHLda esa 4ta bahsda ishtirok etdi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Todofichajes