"Real" "Liverpul"ni rasman ogoh etdi

Alisher
27 dek 2024, 21:05
"Real" rasman "Liverpul" rahbariyatini angliyalik himoyachi Trent Aleksander-Arnold bilan shartnoma imzolashga qiziqayotgani borasida ogoh etdi.

Transferni qishki transfer oynasida amalga oshirish deyarli imkonsiz. Madridliklar futbolchi bilan yozda tekinga shartnoma imzolashni rejalashtirishmoqda. Angliyalik Madridga yo'l olishga tayyor. U "Liverpul"ning kelishuvni uzaytirish borasidagi barcha takliflarini rad etdi.

Trent Aleksander-Arnoldning "Liverpul" bilan shartnomasi kelasi yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Angliyalik yarim yildan so'ng erkin agentga aylanadi. Himoyachi joriy mavsum 22ta o'yinda maydonga tushib, 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Relevo