"Real" "Liverpul" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
22 mar 2024, 16:26
Madridning "Real" klubi "Liverpul" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Futbolchining Angliya jamoasi bilan shartnomasi 2025 yilda yakuniga etadi. Manbaga ko'ra, futbolchiga bir qancha klublar qiziqish bildirmoqda. 



Qayd etilishicha, Aleksander-Arnoldning mersisaydliklar bilan kelishuvni uzaytirish bo'yicha muzokaralari davom etmayapti.

"Liverpul", "Real" va himoyachi o'rtasida hech qanday aloqa bo'lgani yo'q. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Relevo