"Real" - "Leganes". Ronaldu qaydnomada yo'q

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2018
"Real" hamda "Leganes" o'rtasida bo'lib o'tadigan Ispaniya Kubogi chorak finalining javob uchrashuvi uchun "Qirollik klubi"ning 19 kishilik tarkibi e'lon qilindi.

Qaydnomaga "Deportivo"ga qarshi LaLiganing 20-tur uchrashuvida jarohat olgan Krishtianu Ronaldu kiritilmadi.

"Real" qaydnomasi

Darvozabonlar: Keylor Navas, Kiko Kasilya, Moxa.

Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho, Teo Eranandes, Ashraf Xakimi, Texero.

Yarim himoyachilar: Luka Modrich, Kasemiro, Markos Lorente, Marko Asensio, Isko, Mateo Kovachich.

Hujumchilar: Karim Benzema, Lukas Vaskes, Borxa Mayoral.

Eslatib o'tamiz, ilk uchrashuvda "Qirollik klubi" 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia