"Real" klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga boradigan tarkibini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
4 dek 2014, 17:42
"Real" 10-20 dekabr kunlari Marokashda bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga boradigan futbolchilar nomini e'lon qildi.

Darvozabonlar: Kasilyas, Navas, Pacheko.

Himoyachilar: Varan, Pepe, Ramos, Koentrau, Marselo, Karvaxal, Arbeloa, Nacho.

Yarim himoyachilar: Xedira, Kroos, Xames Rodriges, Beyl, Ilyaramendi, Isko, Medran.

Hujumchilar: Ronaldu, Benzema, Ernandes, Xese.

"Real"ning turnirdagi raqibi Osiyo Chempionlar ligasi kubogining amaldagi soxibi "Vestern Sidney Uonders" (Avstraliya) yoki "Krus Asul" (KONKAKAF Chempionlar ligasi g'olibi) bo'lishi mumkin.

Nimchorak finalda Marokash chempioni "Magreb Atletik Tetuan" va Okeaniya Chempionlar ligasi g'olibi "Oklend Siti" (Yangi Zelandiya) kuch sinashishadi. Bu uchrashuvda raqibni mag'lub etgan jamoa Afrika Chempionlar Ligasi chempioni Jazoirning "Setif" klubi bilan bellashadi. Libertadores Kubogi egasi "San Lorenso" (Argentina) ham turnirni yarim finaldan boshlaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com