"Real" Kazemiroga o'rinbosar topdi

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2022
"Monako" xavbeki Orelen Tchuameni "Real" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Marca xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" bosh skauti Xuni Kalafat ikki kun davomida Monakoda bo'ldi va o'yinchining vakillari bilan muzokara olib bordi.

Aytishlaricha, "Real" 22 yoshli fransiyalikni Kazemiroga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Tchuameni ushbu mavsumda 31 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: