"Real" Italiya klublariga himoyachisining narxini ma'lum qildi

Alisher
11 fev 2020, 11:24
"Real" o'z himoyachisi Nacho Fernandesni sotishga tayyor.

Ispaniya terma jamoasi a'zosiga Rimning ikki klubi, yani "Roma" va "Lacio" klublari qiziqish bildirmoqda.

Xabarlarga ko'ra, "Real" Nachoning transferidan kamida 15 million evro ishlab olmoqchi. Transfer esa yozda amalga oshiriladi.

Eslatib o'tamiz, 30 yoshli futbolchi joriy mavsum La Ligada 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: corrieredellosport.it