"Real" Iskosiz qolgan barcha o'yinlarda g'alabaga erishmoqda

Mirjalol Normatov
14 yanv 2019
"Real" yarim himoyachisi Isko Ispaniya chempionatining 19-turi doirasidagi "Betis"ga qarshi o'yinida zaxirada qoldi.

Ispaniya matbuoti tomonidan qiziq statistika keltirildi. Unga ko'ra, Santyago Solarining "Real"i Iskosiz 6 o'yinda qatnashgan bo'lib, undan barchasida g'alabaga erishgan va 100 foizlik natija ko'rsatgan.

Isko borligida esa 11 o'yinda 7tasida (64 foiz) g'alabaga erishilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal