"Real" Isko va Xames o'rniga Eden Azarni xarid qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
6 mar 2017, 15:18
"Real" "Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azarni xarid qilish yo'llarini ko'rib chiqmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" Isko va Xames Rodrigeslarning kelajagi aniq bo'lmaganligi tufayli ushbu ishga qo'l urgan. Agar Rodriges klubini o'zgartirsa, yoki Isko "Real" bilan shartnomani uzaytirmasa, ispan grandi Azarni xarid qilishi mumkin. Iskoning amaldagi bitimi 2018 yilning yozida yakuniga etadi.

Isko va Rodriges o'yin amaliyoti kamligidan norozi.

Xames: "Real"da uzoq yillar o'ynamoqchiman"

"Real" Iskoni 35 mln. evroga qo'yib yuborishi mumkin

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cope