"Real" ijaradagi futbolchisini muddatidan oldin ortga qaytarmoqchi

Alisher
25 dek 2019, 17:58
Yarim himoyachi Martin Edegor muddatidan oldin "Real"ga qaytadi.

Ijara asosida "Real Sosedad"da o'ynayotgan futbolchi mavsum so'nggida Madrid klubiga qaytishi kutilmoqda.

Edegor Baskoniya klubida 2 mavsumni o'tkazishi rejalashtirilgan edi, ammo "qirollik klubi" 2020 yilning yozida uni jamoaga qaytarmoqchi.

"Sosedad" va Madrid klubi o'rtasida yaxshi munosabatlar bor, shu sababdan futbolchining qaytishi borasida muammolar bo'lmaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS