Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu navbatdagi rekord sohibi

Narzulla Saydullayev
23 noya 2014, 19:00
Eybar darvozasiga gol urgan Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu La Ligada barcha raqiblar darvozasiga gol urgan yagona futbolchiga aylandi.
Bundan tashqari, 29 yoshli portugaliyalik futbolchi Realning barcha musobaqalardagi 52ta raqibidan 51tasining darvozasiga to'p kiritishga erishdi. 

Qizig'i Qirollik klubining o'zi ham Ronalduning zarbasidan so'ng gol o'tkazgan: 2013 yilning fevralida Krishtianu Granada bilan bahsda avtogol qayd etgandi.

Ronaldu gol ura olmagan yagona raqib Zagrebning Dinamo klubi hisoblanadi, deb xabar bermoqda Goal.com nashri.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: eurosport.ru