"Real" himoyachilaridan biri "Man Siti"ga qarshi o'yingacha tiklanmaydi

Administrator
16 fev 2025, 20:19
Avvalroq "Real" himoyasi uch vakili safga qaytishi haqida xabar berilgandi.

"Real Madrid" klubi himoyachilari David Alaba va Antonio Ryudiger "Manchester Siti"ga qarshi bo'ladigan YCHL pley-off bosqichi javob o'yinida maydonga tushishi mumkin bo'ladi. Bu haqda As nashri xabar bermoqda. Ikkala himoyachi ham kutilganidan ertaroq tiklanmoqda. Shu bilan birga, o'rtada biroz shubha ham bor. 

Lukas Vaskes esa "Man Siti"ga qarshi o'yingacha tiklanmasligi deyarli aniq. Himoyachi 19 fevraldagi o'yinga qadar tiklanishga ulgurmaydi. 

Ma'lumot uchun, YCHL pley-offining ilk bahsida "Real" kambek evaziga "Man Siti"ni (2:3) mag'lub qilgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: As